Ilmiy daraja
DSc, professor
Tajriba
44+ yil
Yo'nalish
Ilmiy kengash raisi
Texnika fanlari doktori, professor Ravshanov Normaxmad 1954-yil 14-yanvarda Samarqand viloyatida tavallud topgan. U matematik modellashtirish, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida 44 yildan ortiq ilmiy-amaliy tajribaga ega yetakchi olimdir. 2021-yil dekabr oyidan boshlab Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktorining ilm-fan bo'yicha maslahatchisi hamda ilmiy kengash raisi sifatida institutning ilmiy yo'nalishlarini rivojlantirish, akademik hamkorlikni kengaytirish va yosh tadqiqotchilar salohiyatini oshirishga hissa qo'shib kelmoqda.























