RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
2021-yildan hozirga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti dotsenti.
Texnika fanlari nomzodi (1987), dotsent. 1977-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan. 1977-1986-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi ilmiy xodimi, 1986-2004-yillarda Toshkent Pediatriya instituti “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” kafedrasi dotsenti, 2004-2008-yillarda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Kompyuter tizimlari va tarmoqlari” kafedrasi dotsenti, 2008-2021-yillarda Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazida “Intellektual boshqaruv tizimlari” laboratoriyasi mudiri. 2021-yildan hozirga qadar “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti dotsenti. Biotexnologik jarayonlarni modellashtirish va boshqarishni algoritmlash, murakkab jarayonlarni ko’p mezonli optimallashtirish, dinamik jarayonlarni intellektual prognozlash, qishloq va suv xo‘jaligida intellektual boshqaruv tizimlari ustida tadqiqotlar olib borgan. 1987-yilda “Разработка и практическое применение алгоритмических средств для моделирования и управления одним классом биотехнологических процессов” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2 ta ixtiroga mualliflik guvohnomasi, 17 ta EHM dasturlari guvohnomalariga ega. Shuningdek, 19 ta darslik va o‘quv qo‘llanma, 62 ta ilmiy maqola muallifi. Ilmiy rahbarligida 2 nafar (tizimli boshqaruv va avtomatlashtirish) texnika fanlari nomzodi tayyorlangan.