RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) akademigi.
2021-yildan TATU kafedra professori va Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Timsollarni tanib olish” laboratoriyasi mudiri.
Texnika fanlari doktori (1974), professor (1977), O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) akademigi (1994). N.E.Bauman nomidagi Moskva oliy texnika bilim yurti (Rossiya) bitiruvchisi (1960), O‘zFA V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta muhandisi, O‘zFA Mexanika instituti laboratoriya mudiri, O‘zFA Kibernetika instituti direktor o‘rinbosari, O‘zFA “Kibernetika” IIChB “Algoritm” instituti direktori o‘rinbosari, “Sistemali tadqiqotlar” instituti direktori, O‘zFA vitse-prezidenti, O‘zFA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti laboratoriya mudiri, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi laboratoriya mudiri lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2021-yildan TATU kafedra professori, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Timsollarni tanib olish” laboratoriyasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. M.Kamilov yaratgan ilmiy maktab tasvirlar va timsollarni tanib olish, tizimli tahlil, murakkab inson-mashina tizimlarini qurish sohasida samarali faoliyat olib bormoqda. M.Kamilov rahbarligida bajarilgan ilmiy-tadqiqot loyihalari natijalari iqtisodiyotning real tarmoqlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv va qarorlarni qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimlarini yaratishda qo‘llanildi. M.Kamilov 6 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta ixtiro va foydali model uchun berilgan patent, shuningdek, 350 ta ilmiy maqolalar muallifi. Ilmiy rahbarligida 17 nafar fan doktori, 35 nafardan ortiq fan nomzodi tayyorlangan. 2023-yil 26-avgustda O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.