Devizimiz
Oqilona yechimlar uchun ilmiy izlanishlar
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

AIRI — O'zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot instituti. Biz sun'iy intellekt sohasida innovatsiyalarni rivojlantirib, jamiyat va biznes uchun yangi imkoniyatlar ochamiz.
Devizimiz
Oqilona yechimlar uchun ilmiy izlanishlar
Missiyamiz
Institut “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini to‘liq amalga oshirishga hamda sun’iy intellektning mashinaviy o‘rganish, tasvirlarni tanib olish, tabiiy tilni qayta ishlash, aqlli tizimlar kabi texnologiyalarini iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga joriy etishga qaratilgan fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi.
Institut vazifalari amaliy AI loyihalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlar salohiyati va xalqaro hamkorlik yo'nalishlarini yagona innovatsion ekotizimga birlashtiradi.

Raqamli O'zbekiston — 2030 Strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish.

Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy taʼminotini ishlab chiqish.

Sunʼiy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish.

Sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha yetakchi xorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish.