RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti kafedra professori.
Texnika fanlari doktori (1991), professor (1994). Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi (1970). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) Hisoblash markazli Kibernetika instituti muhandisi, aspiranti, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi (1970-1992), Toshkent kimyo-texnologiya instituti kafedra mudiri (1993-1995), O‘zFA “Zamonaviy informatsion texnologiyalar” ilmiy-texnikaviy markazi qoshidagi Kibernetika instituti yetakchi ilmiy xodimi, bosh ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri, ilmiy kotibi (1998-2012), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi bosh ilmiy xodimi (2012-2017) lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti kafedra professori. M.Ismailov biotexnologiyaga asoslangan sanoat obyektlarini avtomatlashgan boshqarish tizimlarining matematik modellari, algoritmlari, hamda dasturiy va texnik vositalarini ishlab chiqdi. 1979-yildan oliy ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib boradi. 3 ta monografiya, 2 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, dasturiy vositalarga 40 dan ortiq guvohnomalar, jami 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. 2 ta fan doktori, 18 ta fan nomzodlari va texnika bo‘yicha falsafa doktorlari tayyorlagan.