RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish” laboratoriyasi mudiri.
Texnika fanlari doktori (1990), professor. Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi (1971). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori, “Zamonaviy informatsion texnologiyalar” ilmiy-texnikaviy markazi “Kibernetika” instituti direktori, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. Hozirda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Sun’iy intellekt va mashinaviy o‘qitish” laboratoriyasi mudiri. Sh.Fazilovning ilmiy yutuqlari sun’iy intellekt sohasida matematik jihatdan qat’iy tavsiflab bo‘lmaydigan obyekt, hodisa va jarayonlarni tadqiq qilishda qo‘llaniladigan timsollarni aniqlash nazariyasini rivojlantirish va amaliy tizimlarini yaratish bilan bog‘liq. Sh. Fazilov boshchiligida inson shaxsini aniqlashning biometrik texnologiyalari nazariy asoslarini ishlab chiqish bilan bogʼliq ilmiy maktab rivojlanmoqda. Algoritmik kompozitsiyalardan foydalanib yuzni tanib olish, ko‘z rangdor pardasi va quloq chanog‘i tasvirlari asosida odam shaxsini aniqlash usullari ishlab chiqilgan. Sh.Fazilov 4 ta monografiya, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta ixtiro va foydali model uchun patent, shuningdek, 260 ta ilmiy maqola muallifidir. Sh. Fazilov ilmiy rahbarligida 4 nafar fan doktori, 17 nafar fan nomzodi va texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari tayyorlangan.