RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
2021-yildan institut “Texnik tizimlarni boshqarish va raqamli loyihalash” laboratoriyasi mudiri.
Texnika fanlari doktori (2007), katta ilmiy xodim. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi (1981). 1984-yildan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Kibernetika instituti muhandisi, kichik ilmiy xodimi, aspiranti, katta ilmiy xodimi, doktoranti, laboratoriya mudiri, O‘zFA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti laboratoriya mudiri, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi laboratoriya mudiri lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2021-yildan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Texnik tizimlarni boshqarish va raqamli loyihalash” laboratoriyasi mudiri. B.Azimovning ilmiy tadqiqotlari mashina-sinash tizimlarini matematik modellashtirish va ularning harakatini optimal boshqarish masalalariga bag‘ishlangan. O‘zbekistonda birinchi bo‘lib L.Pontryaginning maksimum prinsipi asosida mashina-sinash tizimlarining tez harakat masalalarini yechishga erishgan. B.Azimov ishlab chiqqan algoritmlar va dasturiy majmualar traktor va paxta terish mashinalarini loyihalash jarayonlariga muvaffaqiyatli tatbiq etilgan. 130 dan ortiq ilmiy maqolalar, 1 monografiya, 4 patent va 10 dan ortiq dasturiy guvohnomalar muallifi hisoblanadi. B.M.Azimov ilmiy rahbarligida 1 nafar texnika fanlari doktori, 2 nafar texnika fanlari nomzodi va falsafa doktori tayyorlangan. 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasi “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.