RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2021-yildan institut direktorining ilm-fan bo‘yicha maslahatchisi va Ilmiy Kengash raisi.
Texnika fanlari doktori (2010), professor (2018). Samarqand davlat universiteti bitiruvchisi (1977). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi “Kibernetika” instituti aspiranti, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, O‘zFA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti yetakchi ilmiy xodimi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (RTSIR ITI) laboratoriya mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2021-yildan RTSIR ITI direktorining ilm-fan bo‘yicha maslahatchisi, Ilmiy Kengash raisi. N.Ravshanov ilmiy yutuqlari matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti metodologiyasi asosida massa va issiqlik ko‘chishi masalalari, suyuq va ionli aralashmalarni saralash, ekologiya, yer osti suvlari filtratsiyasi va ifloslanishi, yer osti boyliklarini qazib olish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va quritish, g‘ovak muhitlardagi suyuqlik va gazlarning nostatsionar filtratsiyasi; atmosferada zararli aralashmalarning tarqalishi jarayonlarini matematik modellashtirish va dasturiy majmualarni ishlab chiqish bilan bog‘liq. 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, 12 dan ortiq monografiyalar, 10 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar va 30 dan ortiq dasturiy guvohnomalar muallifidir. N.Ravshanov rahbarligida 1 nafar fan doktori, 20 nafar PhD, 1 nafar fan nomzodi tayyorlangan. 2024-yilda Indoneziyaning “Universitas Muhammadiyah Sidoarjo” universiteti faxriy professori unvoni bilan taqdirlangan.