RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2025-yildan institut “Aqlli tizimlar va buyumlar interneti” laboratoriyasi mudiri.
Texnika fanlari doktori (1992), professor. Toshkent davlat universiteti bitiruvchisi (1979). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi “Kibernetika” instituti, “Algoritm” ilmiy-tadqiqot instituti muhandisi, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi (1979-1990). Toshkent davlat texnika universiteti kafedra dotsenti, kafedra mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1990-2004). Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi huzuridagi “UzInfocom” markazi direktori sifatida milliy qidiruv tizimi www. uz va .uz domenini rivojlantirish ishlarini tashkil etgan (2004-2005). Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) oʻquv ishlari boʻyicha birinchi prorektori (2005-2006), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (VM) Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil departamenti (ATD) bosh mutaxassisi (2006), M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali ijrochi direktori (2006-2010), VM Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari ATD mudiri (2010-2012), TATU huzuridagi “Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi” direktori (2015-2021), Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (RTSIR ITI) laboratoriya mudiri (2021-2022), Jizzax viloyati hokimining raqamlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (2023-2024). 2025-yildan RTSIR ITI “Aqlli tizimlar va buyumlar interneti” laboratoriyasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. R.Xamdamov mashhur olim Leonard A.Rastrigin rahbarligida Riga (Latviya) ilmiy maktabi davomchisi hisoblanadi. Ilmiy faoliyati davomida optimal boshqarish, tasvirlarni tanib olish, sun’iy intellekt va neyron tarmoqlar yo‘nalishlarida samarali ilmiy maktab yaratdi. 280 dan ortiq ilmiy maqola, 5 ta monografiya, 25 dan ortiq o‘quv qo‘llanma hamda 20 dan ortiq dasturiy guvohnomalar muallifi, 2 nafar fan doktori, 5 nafar texnika fanlari falsafa doktorlari tayyorlagan. 2017-yilda I darajali “Konchilik shuhrati” nishoni, 2025-yilda Vengriyaning Obuda universiteti faxriy fuqarosi unvoni bilan taqdirlangan.