RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2018-yildan O‘zbekiston Milliy universiteti “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professori.
Texnika fanlari doktori (1989), professor. Moskva fizika-texnika instituti (Rossiya) bitiruvchisi (1975). SSSR Fanlar Akademiyasi Hisoblash markazi aspiranti (1975-1978). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi yetakchi ilmiy xodimi, bo‘lim boshlig‘i (1978-1991), Toshkent moliya instituti kafedra mudiri (1991-1996), Bank-moliya akademiyasi “Axborot texnologiya” markazi boshlig‘i (1996-2004), Toshkent moliya instituti professori (2004), O‘zbekiston muhandislik federatsiyasi prezidenti (2008-2014), M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent filiali bosh ilmiy kotibi (2011). O‘zbekiston Milliy universiteti professori (2014), 2018-yildan “Axborot xavfsizligi” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. A.V. Kabulov ilmiy maktabida algebraik kriptotahlil usullari asosida zamonaviy simmetrik shifrlash algoritmlarining optimal matematik modellarini yaratish, ularni dasturiy ta’minotda qo‘llash va bardoshliligini isbotlash bo‘yicha muhim natijalarga erishildi. Olim rahbarligida IoT qurilmalari to‘plagan ekologik ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish bo‘yicha yangi intellektual usullar va texnologiyalar ishlab chiqildi. A. Kabulov rahbarligida 2 ta fundamental, 3 ta amaliy hamda 1 ta innovatsion loyihalar muvaffaqiyatli bajarilgan. 5 monografiya, 1 darslik va Scopus bazasida indeksatsiya qilingan 42 ta ilmiy maqola muallifi hisoblanadi. Ilmiy rahbarligida 5 nafar DSc, 12 nafar PhD tayyorlagan. 2011-yilda Xalqaro muhandislik akademiyasining “Инженерная доблесть” (Rossiya) va Qozogʼiston Respublikasi Milliy Muhandislik akademiyasining “Muhandislik shon-sharafi” mukofoti bilan taqdirlangan.