RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2024-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Televizion va media texnologiyalari kafedrasi professori.
Texnika fanlari doktori (2020), professor. 1971-yilda Buxoro davlat pedagogika institutini matematika o‘qituvchisi ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini ta’lim sohasida boshlagan, ammo uning kibernetikaga bo‘lgan ishtiyoqi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” institutiga yetakladi. 1975-yildan “Kibernetika” instituti stajyor tadqiqotchisi, muhandisi, kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi lavozimlarida ishlagan. 2021-2024-yillarda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti “Biometrik tizimlar” laboratoriyasi bosh ilmiy xodimi, loyiha rahbari. 2024-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Televizion va media texnologiyalari kafedrasi professori hisoblanadi. 1990-yilda “Turli tipdagi belgilar bilan berilgan obyektlarni tanib olish algoritmlari va ularni boshqarish va prognozlash masalalariga tatbiq qilish” mavzusida nomzodlik, 2020-yilda “Katta o‘lchamdagi belgilar fazosida tanib olish operatorlarini sintez qilish usullari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. N.Mirzayev obyektlarni tanib olish algoritmlari, seysmik manbalarni identifikatsiya qilish, iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish, geologik bashorat va gaz quvurining korroziya holatini tashxis qilish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Biometrik tizimlar (yuz, quloq, imzo, ovoz) asosida shaxsni identifikatsiya qilish algoritmlarini ishlab chiqqan. Katta o‘lchamli belgilar fazosida statistik, evristik, radial va bo‘sag‘aviy funksiyalarga asoslangan tanib olish algoritmlarini yaratgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 2 ta monografiya, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta darslik va 10 dan ortiq dasturiy guvohnomalar muallifi. O‘zbekiston va xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda faoliyat yuritib keladi, IEEE va IAENG kabi xalqaro ilmiy jamiyatlar a’zosi, ilmiy rahbarligida 2 nafar texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori tayyorlagan.