RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2021-yildan institut katta ilmiy xodimi va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professori.
Texnika fanlari doktori (2019), professor. 1994-yilda Sevastopol asbobsozlik institutini, 1998-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) “Kibernetika” instituti aspiranturasini tamomlagan. 1994-1995-yillarda Toshkent arxitektura va qurilish institutida katta o‘qituvchi, 1998-2012-yillarda O‘zFA “Kibernetika” instituti ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi. 2012-2022-yillarda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti (RTSIR ITI) katta ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi va laboratoriya mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2021-yildan RTSIR ITI “Texnik tizimlarni boshqarish va raqamli loyihalash” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professori. L.Sulyukova tizimli tahlil va boshqaruv, murakkab texnologik tizimlarni modellashtirish, optimal boshqaruv, raqamli egizaklar va qaror qabul qilish usullari ustida tadqiqot olib boradi. Texnologik tizimlarning matematik va imitatsion modellari, yuqori aniqlikdagi ishlov berish jarayonlari uchun raqamli loyihalash algoritmlarini ishlab chiqqan. L.Sulyukova 90 dan ortiq ilmiy ishlar, 1 ta monografiya, bir necha o‘quv qo‘llanma va 6 ta EHM dasturiy guvohnomalar muallifi. RTSIR ITI huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash raisi o‘rinbosari, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash a’zosi hisoblanadi. “Raqamli o‘lchash ma’lumotlarini qayta ishlash va uzatish tizimlari”, “Diskret tuzilmalar”, “Sun’iy intellekt asoslari” va “Raqamli metrologiya” fanlari bo‘yicha pedagogik faoliyat olib boradi. Ilmiy rahbarligida texnika fanlari bo‘yicha 1 nafar PhD tayyorlangan. Hozirda 3 nafar PhD va 1 nafar DSc izlanuvchisiga ilmiy rahbarlik qilmoqda.