RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
2022-yildan Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti “Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari” laboratoriyasi mudiri.
Texnika fanlari doktori (2022), katta ilmiy xodim. Namangan davlat universiteti bitiruvchisi (1998). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) “Kibernetika” instituti aspiranti (2001-2004), O‘zFA “Informatika” instituti kichik ilmiy xodimi (2004-2008), O‘zFA Matematika va informatsion texnologiyalar instituti katta ilmiy xodimi (2008-2012), Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi katta ilmiy xodimi (2012-2017), TATU huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi doktoranti (2017-2019), laboratoriya katta ilmiy xodimi, laboratoriya mudiri (2020-2021), Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri (2021-2022) lavozimlarida faoliyat olib borgan. 2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti “Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari” laboratoriyasi mudiri hisoblanadi. S.S.Radjabov turli tipdagi belgilar fazosida berilgan obyektlarni tanib olish algoritmlarini ishlab chiqib, ular yordamida turli amaliy masalalar, shu jumladan sun’iy intellekt sohasidagi masalalarni hal etish bilan shug‘ullangan. Biometrik tizimlar bilan bog‘liq ilmiy tadqiqotlarni bajarish natijasida yuz tasviri, quloq tasviri, imzo va ovoz signallari bo‘yicha shaxsni identifikatsiya qilish algoritmlari ishlab chiqilgan. Belgilarning o‘zaro bog‘liqligini baholashga asoslangan tanib olish algoritmlari, radial funksiyalarga asoslangan tanib olish algoritmlari, bo‘sag‘aviy funksiyalarga asoslangan tanib olish algoritmlari va modellari ishlab chiqilgan. 150 dan ortiq ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlar muallifi, shu jumladan 6 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 20 ta dan ortiq dasturlar uchun guvohnomalar muallifi, ilmiy rahbarligida 2 nafar PhD tayyorlagan, axborot texnologiyalari, mashinaviy o‘qitish, chuqur o‘qitish, dasturlash va tasvirlarga raqamli ishlov berish fanlari bo‘yicha pedagogik faoliyat olib boradi.