RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bo‘lim boshlig‘i va “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi mudiri.
Texnika fanlari doktori (2018), professor. 1999-2002-yillarda Namangan davlat universitetini tamomlagan. 2002-2005-yillarda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti katta o‘qituvchisi, 2005-2012-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) “Informatika” instituti aspiranti, katta ilmiy xodimi, 2012-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi katta ilmiy xodimi. 2012-2014-yillarda O‘zFA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi, 2014-2021-yillarda TATU huzuridagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratish markazi katta ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi, 2021–2022-yillarda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri. 2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti bo‘lim boshlig‘i, “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” kafedrasi mudiri. N.Mamatov ilmiy faoliyati qat’iy matematik tavsiflab bo‘lmaydigan obyekt, hodisa va jarayonlarni tadqiq qilish uchun qo‘llaniladigan timsollarni tanib olish nazariyasi va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va amaliy tizimlarini yaratish bilan bog‘liq bo‘lib, informativ va noinformativ belgilarni ajratish hamda ma’lumotlarga dastlabki ishlov berishning ilmiy-amaliy yo‘nalishiga asos soldi. N.S.Mamatov turli tipli belgilar orqali ifodalangan ma’lumotlarni qayta ishlashning samarador usul va algoritmlarini ishlab chiqdi va kasr-chiziqli optimallashtirishning yangi yondashuvini birinchilardan bo‘lib taklif etdi. N.S.Mamatov 300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan 2 ta o‘quv qo‘llanma, 4 ta monografiya, 50 dan ortiq EHM uchun dastur guvohnomalari muallifidir. Ilmiy rahbarligida 9 nafar fan nomzodi tayyorlangan, 2 nafar DSc va 3 nafar PhD doktorantlari tayyorlanmoqda.