RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2013-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori.
Texnika fanlari doktori (1994), professor. Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi (1978). O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi (O‘zFA) “Kibernetika” instituti aspiranti (1980-1983), laboratoriya mudiri (1983-1989), O‘zFA ilmiy-o‘quv markazi professori (1989), “Sovrin” ilmiy-texnik markazi, “Kompyuter-Osiyo” ilmiy-texnika parki rahbari (1990-1996), Davlat fan va texnika qo‘mitasi huzuridagi “Info-Fan” markazi direktor o‘rinbosari (1996-1998), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Uzinkomsentr” “Insoft” firmasi direktori (1998-2000), O‘zbekiston kutubxonalar assotsiatsiyasi ijrochi direktori (2000-2003), “Ochiq jamiyat” instituti dastur koordinatori (2003-2004), A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘lim mudiri (2004-2012) sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2013-yildan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti professori. M.Rahmatullayev tizimli tahlil va boshqaruv, murakkab texnologik tizimlarni modellashtirish, optimal boshqaruv, raqamli egizaklar va qaror qabul qilish usullari sohasida tadqiqot olib borgan, yuqori aniqlikdagi ishlov berish jarayonlari uchun raqamli loyihalash algoritmlarini ishlab chiqqan. 30 dan ortiq mahalliy va xalqaro ilmiy-amaliy loyihalarga mualliflik va rahbarlik qilgan. 280 dan ortiq ilmiy maqolalar, 90 dan ortiq ilmiy ishlar, 5 ta monografiya (turli yillarda), 6 ta ilmiy-uslubiy qo‘llanma, 2 ta darslik va 6 ta dasturiy guvohnomalar muallifi hisoblanadi. 8 nafar fan nomzodi va 2 nafar fan doktori tayyorlagan. O‘zbekiston Respublikasi “Do‘stlik” ordeni (2011), O‘zbekiston Respublikasi “Axborot-kutubxona ishi a’lochisi” ko‘krak nishoni, Qirg‘iziston Respublikasi “Kitepkan zhildiz” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan, Xalqaro axborotlashtirish akademiyasi akademigi etib saylangan (2016).