RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA SUNʼIY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI

Texnika fanlari doktori, professor.
2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti professori.
Texnika fanlari doktori (2006), professor (2014). 1981-yilda Toshkent Davlat Universiteti amaliy matematika va mexanika fakultetini tamomlagan. 1981-2022-yillarda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi “Kibernetika” ilmiy-tadqiqot instituti, Matematika va Informatsion texnologiyalar instituti hamda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida yetakchi ilmiy xodim vazifalarida faoliyat olib borgan. 2022-yildan “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti professori. D.Muxamediyeva raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kvant hisoblashlari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. 1995-yilda “Прогнозирование развития производства и переработки продукции шелководства” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2006-yilda “Noravshan ma’lumotlarni qayta ishlash asosida yaxshi shakllanmagan jarayonlarni modellashtirish va qaror qabul qilish” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 700 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi shulardan 32 tasi monografiya, 12 ta o‘quv qo‘llanma, 277 ta ilmiy maqola, 12 dan ortiq monografiyalar, 10 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar va 30 dan ortiq dasturiy guvohnomalar muallifidir. Dilnoz Tulkunovna rahbarligida 2 ta DSc va 12 ta PhD malakali mutaxassis tayyorlangan. Ko‘plab davlat ilmiy-texnik loyihalarida rahbarlik qilib, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 2024-yilda “Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.