
🤗 Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligi majlislar zalida Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Sun'iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi xodimlari ishtirokida "Sun'iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida tadbir o'tkazildi.
🗣 Tadbirda sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, ularning turli soha va tarmoqlarda keng joriy etilish hamda SI texnologiyalarining dunyo mehnat bozori va kasblar rivojiga ko'rsatayotgan ta'siri yuzasidan ma'ruzalar tinglandi.


✅ Dastlab, texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) - Sayyora Ibragimova "Sun'iy intellekt va kelajak kasblari: zamonaviy texnologiyalar va ilmiy tadqiqotlarning istiqbollari" mavzusidagi taqdimotida, sun'iy intellektning ilm-fan, ta'lim va innovatsion rivojlanishdagi o'rni hamda istiqbolli yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumot berdi.


📈 Shuningdek, sun'iy intellekt bo'yicha mutaxassis Kamoliddin Nishonov "Sun'iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish va ularning ta'lim hamda mehnat bozoridagi o'rni" mavzusida ma'ruza qilib, zamonaviy SI vositalaridan unumli foydalanish, yangi kasblarning shakllanishi va mavjud kasblarning transformatsiyasi haqida fikr yuritdi.

📥 Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, sun'iy intellektning jamiyat, ta'lim tizimi va mehnat bozoriga ta'siri yuzasidan savol-javoblar hamda fikr almashildi.
