Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Sun’iy intellekt Alyansi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi:
- Sun’iy intellekt sohasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashabbuslarini ishlab chiqish;
- Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va amaliy ishlanmalarni amalga oshirish;
- Sun’iy intellekt laboratoriyalari va markazlarini tashkil etishga ko‘maklashish;
- Milliy va strategik tashabbuslar doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Ma’lumot o‘rnida: “AI Alliance” — O‘zbekistonda sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirish hamda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasida davlat, ilm-fan, biznes va jamiyat o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilot hisoblanadi.






