Nazarbayev universiteti qoshidagi Aqlli tizimlar va sun’iy intellekt instituti vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Qozog‘istondagi Nazarbayev universiteti qoshidagi Aqlli tizimlar va sun’iy intellekt instituti vakillari tashrif buyurdi.
⚡️ Uchrashuv davomida ISSAI vakillari tomonidan institutning ilmiy-tadqiqot loyihalari taqdimoti o‘tkazildi. Jumladan, katta til modellarini ishlab chiqish, ularni o‘qitish va tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar namoyish etildi. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar va amaliy ishlanmalar haqida ma’lumot berildi.
📈 Shuningdek, kelgusida o‘zbek tilidagi katta til modellarini yaratish va sun’iy intellekt texnologiyalari yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda tajriba almashish bo‘yicha takliflar bildirildi.
📊 Ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma tadqiqot mexanizmlarini takomillashtirish hamda tomonlarning ilmiy va innovatsion faoliyatini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.









