Xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Amaliy tashrif bilan Koreya respublikasida bo'lib turgan Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov sun’iy intellekt ishlab chiquvchi tadqiqotchilar uchun platformalar yaratuvchi Mondrian AI kompaniyasining Biznesni rivojlantirish rahbari Park Hyunkyu va bulutli xizmatlar rahbari Go Youngmin hamda Yetakchi dasturiy ta’minot muhandisi Yuldoshev Makhmud bilan uchrashuv o'tkazdi. Mondrian AI kompaniyasi vakillari bilan ilmiy izlanuvchilar faoliyatiga kompaniyaning Yennefer va Runyour.ai platformalarini joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Xizmat safarining ikkinchi kunida sun’iy intellektga asoslangan mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash sohasidagi yetakchi Wisestone kompaniyasi bosh direktori In Suk Kim va Global biznesni rivojlantirish rahbari Mike Kim bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda Wisestone kompaniyasi bilan sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish, SI asosidagi mahsulot va xizmatlarning sifati hamda ishonchliligini baholash, ularni xalqaro standartlar asosida sertifikatlashtirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Wisestone kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Memorandum doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish nazarda tutilgan:Mazkur memorandum mamlakatimizda sun'iy intellekt mahsulotlari va xizmatlarining sifatini oshirish hamda qo'shimcha yangi imkoniytlar yaratishga xizmat qiladi.
- xalqaro bozor talablari asosida istiqbolli biznes va texnologik loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
- sun’iy intellektga asoslangan mahsulot va xizmatlarni baholash va sertifikatlashtirish bo‘yicha tajriba almashish;
- biznesni rivojlantirish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonida inson resurslari, ekspert salohiyati va bilim bazalaridan o‘zaro foydalanish;
- qo‘shma tadqiqotlar, innovatsion tashabbuslar va texnologik yechimlarni ishlab chiqish.




