Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktorining 2026-yil 30-dekabrdagi 12-F-son farmoyishi bilan Institutda komplayens nazorati bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimiga muqobillik asosida ochiq tanlov e’lon qilindi.
Komplayens nazorati bo‘yicha yetakchi mutaxassis lavozimiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, lavozimning asosiy vazifa va funksiyalari hamda tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
I. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
- Yurisprudensiya, iqtisodiyot, moliya, soliq, audit, tizimli tahlil, menejment yoki axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha oliy ma’lumot.
- Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yillik ish staji. Komplayens va korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi ish stajiga ustuvorlik beriladi.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida maxsus o‘quv kurslaridan o‘tganlik to‘g‘risida sertifikatga hamda Davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatiga ega bo‘lish.
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarni bilish.
- Ko‘nikma va malakalar:
- davlat tilida ish yuritish va elektron hujjat aylanishi bilan ishlash tartibini bilish;
- ish jarayonida axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalana olish.
II. Lavozimning asosiy vazifa va funksiyalari
- Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki siyosatni amalga oshirishda va faoliyatni muvofiqlashtirishda bevosita ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2025 talablariga muvofiqligini ta’minlash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki hujjatlar loyihalari va chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
- korrupsiyaviy xavf-xatarlarni tizimli tahlil qilish va baholash, “Korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi”ni tuzish va muntazam yangilab borish, xavf-xatarni kamaytirish choralarining bajarilishini nazorat qilish;
- xodimlar tomonidan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida maxsus axborot aloqa kanallari orqali kelib tushadigan murojaatlarning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishini ta’minlash, aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha xizmat tekshiruvlarida ishtirok etish;
- manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlarining oldini olish, manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish tizimining ishlashini nazorat qilish;
- davlat xaridlari, budjet mablag‘larining sarflanishi va moliyaviy operatsiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va monitoring qilish;
- idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish;
- xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari va treninglar o‘tkazish, o‘quv materiallarini tayyorlash;
- Institutning rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar ma’lumotlarining yangilanib borilishini ta’minlash;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish;
- korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida har oy yakuni bo‘yicha keyingi oyning birinchi o‘n kunligida Institut rahbariga hisobot taqdim etish.
III. Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
- Ariza (3-ilovaga muvofiq shaklda; shaklni Institutning rasmiy veb-saytida to‘ldirish ham mumkin);
- pasport nusxasi;
- oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- mehnat daftarchasi nusxasi yoki mehnat faoliyatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
- korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘quv kursidan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi;
- rezyume.


