Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot institutida “Aholini zilzilaga tayyorlaş haftaligi” doirasida davra suhbati ötkazildi
Mamlakatimizda 2026-yilning 19–26-oktabr kunlari “Aholini zilzilaga tayyorlaş haftaligi” ötkazilişi belgilangan. Şu munosabat bilan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot institutida favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va zilzila vaqtida töğri harakat qiliş könikmalarini şakllantirişga qaratilgan amaliy davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda zilzila sodir bölganda talafotlarni kamaytiriş va xavfsizlikni ta’minlaş böyiça hayotiy muhim qoidalar tuşuntirildi. Şuningdek, evakuatsiya tartibi va zilzila vaqtida töğri harakat qiliş yuzasidan tuşuntirişlar berildi.







