Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, kibernetik olim, «Fidokorona xizmatlari uchun», «El-yurt hurmati» ordenlari, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi» unvoni sohibi Vosil Qobulovich Qobulovning 105 yilligiga bag‘ishlangan Institut ilmiy kengashining tantanali majlisi bo‘lib o‘tdi.
👥 Tadbirda kibernetika sohasida uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan akademiklar, davlat arboblari, faxriy professor-olimlar, soha mutaxassislari hamda tadqiqotchilar ishtirok etdi.
💬 Tadbirni institut direktori Anvarxodja Kadirov ochib berdi va kibernetika fanining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik Vosil Qobulovning ilm-fandagi o‘rni, ilmiy merosi hamda samarali mehnat faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
✍️ Tadbir davomida so‘zga chiqqan ustozlar tomonidan akademik Vosil Qobulovning ilmiy maktabi, fundamental izlanishlari va kibernetika sohasida yaratgan ilmiy yo‘nalishlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Olimning ko‘p yillik ilmiy faoliyati, shogirdlar tayyorlashdagi xizmatlari hamda O‘zbekistonda kibernetika fanining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan beqiyos hissasi alohida e’tirof etildi.
💳 Shuningdek, tadbir davomida akademik Vosil Qobulovning sermahsul ilmiy faoliyati, hayot yo‘li va boy ilmiy merosiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi. Unda olimning kibernetika faniga olib kirgan yangi yondashuvlari va ilmiy g‘oyalarining bugungi raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan davrdagi o‘rni va ahamiyati muhokama qilindi.
✅ Tantanali tadbir yakunida akademik Vosil Qobulovning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uning ilmiy maktabi an’analarini davom ettirish hamda yosh tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarida keng aks ettirish muhimligi ta’kidlandi.
📸 Tadbirning qaynoq lahzalarini tomosha qilish uchun havola ustiga bosing!

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)




