2027-yil uçun oliy ta’limdan keyingi ta’limga talabgorlar diqqatiga!
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot institutida 2027-yil uçun oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul böyiça talabgorlarning ilmiy taqdimotlari, suhbatlari va kiriş imtihonlari quyidagi ixtisoslik yönalişlari böyiça belgilangan kunlarda ötkaziladi.
Kiriş imtihonlari jadvali
- 05.01.07 — Matematik modellaştiriş. Sonli usullar va dasturlar majmui: 2026-yil 16-noyabr kuni soat 10:00 da.
- 05.01.11 — Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt: 2026-yil 17-noyabr kuni soat 10:00 da.
- 05.01.02 — Tizimli tahlil, boşqaruv va axborotni qayta işlaş: 2026-yil 18-noyabr kuni soat 10:00 da.
- 05.01.03 — Informatikaning nazariy asoslari: 2026-yil 19-noyabr kuni soat 10:00 da.
Mazkur kunlarda tayanç doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) ustuvor yönalişlar böyiça hujjat topşirgan talabgorlarning ilmiy taqdimotlari tinglanadi va baholanadi. Stajyor-tadqiqotçilikka hujjat topşirgan talabgorlar bilan suhbatlar, mustaqil izlanuvçilikka hujjat topşirgan talabgorlar bilan esa belgilangan tartibda suhbat yoki kiriş imtihonlari ötkaziladi.
Manzil va talabgorlar uçun eslatma
Manzil: Toşkent şahri, Böz-2, 17A, 2-qavat, 204-xona.
Barça talabgorlardan kiriş imtihonlari jadvali, mutaxassisliklar böyiça belgilangan sana, vaqt va manzillar bilan oldindan tanişib çiqiş hamda imtihonlarga öz vaqtida yetib keliş söraladi.
Zoom orqali kuzatiş
Kiriş imtihonlari jarayonini Zoom platformasi orqali kuzatiş uçun uşbu havoladan foydalaning.
ID: 851 3994 8509
Kod: 1
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website | LinkedIn


