"Raqamli dunyoda korrupsiya va inson huquqlari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida "Raqamli dunyoda korrupsiya va inson huquqlari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda Institut bosh yuriskonsulti Laviza Isxakova korrupsiyaning huquqiy oqibatlari haqida so'z yuritib, mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot berdi.
🗣 Shuningdek, ma'ruza davomida halollik va mas'uliyat tamoyillariga amal qilish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish har birimizning umumiy vazifamiz ekanligi ta'kidlandi.









