Xitoy Xalq Respublikasining Zhongke Ruiyan Co., Ltd va Bright Silk Road Information Consulting Co., Ltd kompaniyasi vakillari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Kuni kecha Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Zhongke Ruiyan Co., Ltd hamda Bright Silk Road Information Consulting Co., Ltd kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tomonlar sun’iy intellekt yo‘nalishida qo‘shma laboratoriya tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, laboratoriya uchun kerakli uskunalarni yetkazib berish, bojxona va soliq tartiblari, soliq yukini kamaytirish, yuklarni bosqichma-bosqich olib kirish, texnik xizmat ko‘rsatish va mutaxassislar tayyorlash kabi muhim jihatlar xususida fikr almashildi.
Ta'kidlash joizki, ushbu uchrashuv Institutimizning xalqaro ilmiy aloqalarini mustahkamlash va innovatsion hamkorlik doirasini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.







