Yil davomida yuqori natijaga erishgan bir qator xodimlar taqdirlandi
Kuni kecha Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining faollar zalida yaqinlashib kelayotgan yangi yil munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirni Institut direktori A.Kadirov ochib berib, barchani kirib kelayotgan yangi yil munosabati bilan samimiy muborakbod etdi. Muassasa rahbari o'z nutqida joriy yilda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishida erishilgan yutuqlarni alohida e'tirof etib, barcha soha xodimlariga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, kelayotgan yilda yanada yuqori natijalarga erishish, sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy izlanishlarni kengaytirish hamda yangi loyihalar ustida yanada katta g‘ayrat va ishtiyoq bilan ishlash zarurligini ta'kidladi.
Tadbirda yil davomida yuqori natijaga erishgan bir qator xodimlar quyidagi nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi:
- Yilning eng istiqbolli yosh tadqiqotchisi: Kim Kamilla Klimentyevna
- Yilning eng faol targ‘ibotchisi: Yetmishboyev Shaxzodbek Ma'murjon o'g'li
- Yilning eng faol xodimi: Azimov Maxmudjon Baxtiyorovich
- Yilning eng faol ilmiy jarayon tashkilotchisi: Sergeyeva Lyudmila Vladimirovna
- Yilning eng mas’uliyatli xodimi: Botirov G'ayrat Gofirovich
- Institutning ko‘p yillik fidokor xodimi: Narmatov Abdukadir Azizovich
- Yilning eng natijador xodimi: Nuriddinov Azizjon Umidjon o'g'li
- Yilning eng jonkuyar ustozi: Ravshanov Normaxmad
Ko'tarinki ruhda o'tgan ushbu tadbir barchaga bayramona kayfiyat ulashdi. Mazkur bayram tadbiri yangi yil arafasida bildirilgan ezgu tilaklar hamda kelgusi yilga mo‘ljallangan maqsad va rejalar bilan o‘z nihoyasiga yetdi.









