Institut xodimlari 7 - may - O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlandi
Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining kichik majlislar zalida 7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbirni institut direktori A.Kadirov ochib berdi hamda aloqa sohasining jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, ayniqsa, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish jarayonidagi ahamiyati haqida to‘xtaldi. Shuningdek, institut jamoasining ushbu yo‘nalishda qilayotgan fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib, barcha xodimlarni kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir so'ngida institutda samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar esdalik sovg'alari hamda tashakkurnoma bilan taqdirlandi.







