Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining faollar zalida "14-yanvar - Vatan himoyachilari" kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davlat madhiyasi bilan boshlandi, unda institut jamoasi Vatanga sadoqat va yurtga muhabbat tuyg‘ularini ifoda etdi.
Tadbir davomida xodimlar so‘zga chiqib, Vatan tinchligi, osoyishtaligi va mustaqilligini asrash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan himoyachilarning o‘rni va mas’uliyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, mazkur tadbir xodimlar o‘rtasida kasbiy burch, jamoaviy birlik va yurt oldidagi mas’uliyatni anglash tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.





