“Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”
Bugun Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligiga bag'ishlangan “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Konstitutsiyasining mamlakat hayotidagi o‘rni, uning erkin va farovon hayotimiz uchun mustahkam huquqiy poydevor ekanligi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, Konstitutsiyaga nisbatan hurmat va ehtiromni doimiy saqlash, uning g‘oyalarini har bir fuqaro hayotida amalga oshirishning ahamiyati haqida so'z yuritildi.
Tadbir doirasida so‘zga chiqqan ma’ruzachilar Konstitutsiyaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi roli, adolat va tenglik tamoyillarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.




