Milliy liboslar — milliy qadriyatlar bezagi!
Toshkent shahridagi davlat tashkilotlari, boshqarma va muassasalarda haftaning har juma kuni "Milliy liboslar kuni" deb belgilangan. Ushbu tashabbus milliylikni asrash va targ‘ib qilishga qaratilgan muhim qadam hisoblanadi. Mazkur tashabbus doirasida, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tizimidagi xodimlar atlas va adraslardan tikilgan milliy liboslarda mehnat faoliyatini olib bormoqda. Ushbu tadbir nafaqat milliy kiyimlarning ommalashishiga, balki qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va e'tiborni yanada oshishiga xizmat qiladi.





