"Madhiya - mustaqillik timsoli" nomli tadbir bo'lib o'tdi
Bugun Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida 10-dekabr - O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan "Madhiya - mustaqillik timsoli" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligiga bag‘ishlangan ushbu tadbir avvalida davlat madhiyasi xodimlar ishtirokida ijro etildi.
Tadbir davomida Vatanga muhabbat, boy tariximiz va milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda madhiyamiz muhim tarbiyaviy vosita ekanligi, shuningdek, davlat madhiyasining mazmunini anglash hamda unga alohida ehtirom ko'rsatish zarurligi ta'kidlandi.




