Bugun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intelektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo'mitasi raisi I.Abdullayev va qo'mita a'zolari, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o'rinbosari O.Umarov, Institut direktori A.Kadirov hamda Institut jamoasi ishtirok etdi.
📝 Mazkur hamkorlik doirasida:
➡️ Innovatsion rivojlanish, axborot texnologiyalari, xususan, sun’iy intellektga oid sohalarning ilmiy amaliy muammolarini tadqiq etish hamda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
➡️ sun’iy intellektga oid xorijiy tajribani o‘rganish va hamkorlikda qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish,
➡️ raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohalarida parlament nazorati shakllarini rivojlantirish va vakillik funksiyalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
➡️ mamalakatimizning sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish kabi muhim vazifalar amalga oshiriladi.







