Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'rtasida Institutda "Sun'iy intellekt" kafedrasi filialini ochish bo'yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Mazkur tadbirda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktori A.Kadirov, direktorning ilm-fan bo'yicha o'rinbosari D.Axmedov, TDIU o'quv ishlari bo'yicha birinchi prorektor S.Mexmonov, Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakulteti dekani N.Akbarov, Sun'iy Intellekt kafedrasi mudiri B.Mo'minovlar ishtirok etdi.
Ushbu hamkorlikdan asosiy maqsad sun'iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlariga sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ilmiy-amaliy bilimlarni mustahkamlash hamda o'zaro ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda o'qitish uslublarini jahon standarti darajasiga yetkazishdan iborat.





