Mamlakatimizda AKT sohasiga bag'ishlangan eng yirik tadbir “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” doirasida tashkil etilgan "ICT EXPO" ko'rgazmasi o'z nihoyasiga yetdi.
4 kun davom etgan mazkur ko'rgazmada vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilot va turli kompaniya vakillari o'zining faoliyatiga oid ko'rgazmali materiallar bilan ishtirok etdi.
Ko'rgazma davomida tashkil etilgan turli o'yin va ko'ngilochar tadbirlar tashrif buyuruvchilarda ajoyib taassurot qoldirdi.
Ta'kidlash joizki, ushbu tadbir ko'tarinki kayfiyat va yuqori saviyada yakuniga yetdi.






