“Sun’iy intellekt sohasidagi milliy strategiyalar va tashabbuslar: MDH davlatlari tajribasi va kelajak ustuvor yo‘nalishlari” mavzusidagi sessiya bo'lib o'tmoqda
Forumning birinchi sessiyasida Raqamli texnologiyalar vaziri birinchi o'rinbosari O. Pekos, Rossiya Federatsiyasining Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Borisenko, Ozarbayjon Respublikasi Fan va Ta’lim vazirligi qoshidagi Boshqaruv tizimlari instituti bosh direktori Ali Abbasov, “Yandex” kompaniyasining sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish direktori Aleksandr Kraynov shuningdek, yetakchi mutaxassislar, ekspertlar, soha rahbarlari, IT kompaniyalar vakillari qatnashmoqda.
Sessiyada sun’iy intellekt bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda muvaffaqiyatli tajribalar, hozirgi natijalar hamda raqamli transformatsiya doirasidagi istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.








