Hamkorlik aloqalari kengaymoqda
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Koreyaning Mondrian AI kompaniyasining direktori Hoon Jung tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida dastlab tomonlar amalga oshirilayotgan loyihalar haqida tanishishdi so'ngra bugungi davrda eng tez rivojlanayotgan, sun’iy intellekt, data visualization va infratuzilma sohalariga e’tibor qaratildi. Tibbiyot, yarim o'tkazgichlar ishlab chiqarish, aqlli shaharlar kabi sohalarga innovatsion yechimlar taqdim etish bo'yicha tomonlar hamkorlikka tayyorligi ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida Institut va Mondrian AI kompaniyasi o’rtasida Hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.










