RTSIR ITI vakillari BMT Davlat xizmati forumi (UNPSF 2025)da ishtirok etmoqda!
Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi (UNPSF 2025) tadbiri bo'lib o'tmoqda. Ushbu forum “2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish” mavzusiga bag‘ishlandi.
Forum Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika, jumladan, Samoa va Butan kabi kichik davlatlardan kelgan vazirlar va davlat xizmatiga mas’ul organ rahbarlarini birlashtirdi. Shuningdek, tadbirda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari va innovatsiya yetakchilari ham ishtirok etmoqda.
Xususan, forumda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Forum doirasida yalpi majlislar, mavzuli muhokamalar, strategik muloqot va ilg‘or amaliyotlar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlar o‘rtasida tajriba almashish hamda davlat xizmatlaridan teng va adolatli foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan Samarqand vazirlar deklaratsiyasi muhokama qilindi.
Ta'kidlash joizki, forum xalqaro miqyosda davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish va fuqarolar uchun samarali xizmat ko‘rsatishni ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishda muhim qadam hisoblanadi.






