Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida Institut vakillari universitetning ilmiy va texnologik salohiyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlar uchun maxsus ekskursiya tashkil etilib, universitetning imkoniyatlari, hamkorlik yo‘nalishi va kelajakdagi istiqbollar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir davomida RTSIR ITI va Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida qo‘shma trening, seminar va mahorat darslarini tashkil etish, yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashish kabi vazifalar ko'zda tutilgan.











