"Tadbirkor ayollar uchun sun’iy intellekt: asoslardan amaliyotgacha" mavzusidagi seminar-trening yakunlandi
Toshkent Xalqaro Ta’lim Universiteti mezbonligida YUNESKO, O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan seminar-trening o‘z yakuniga yetdi.
To‘rt kun davom etgan ushbu tadbir davomida ishtirokchilar sun’iy intellektning nazariy asoslari, uni tadbirkorlikda qo‘llash usullari, ma’lumotlar tahlili, chatbotlar, avtomatlashtirilgan xizmatlar va raqamli marketing vositalari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldi.
Seminar-trening yakunida tashkilotchilar tomonidan barcha ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Ta'kidlash joizki mazkur tashabbus ayollarning raqamli texnologiyalar sohasidagi ishtirokini kengaytirish va ularni innovatsion rivojlanish jarayonlariga jalb etishda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi. Seminar-trening yuksak saviya va yuqori kayfiyatda o'z yakuniga yetdi.









