"Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt: bugun va kelajak" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok eting
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda School 21 Sizni 2025-yil 25-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt: bugun va kelajakda” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif etadi.
📅 Sana: 25-aprel, 2025-yil
🕘 Vaqt: 09:00
📍 Manzil: School 21, Toshkent shahri, Ziyolilar ko‘chasi, 13-uy
🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: @School_21uz_bot
Mazkur tadbir sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi ilmiy-amaliy ishlanmalarni muhokama qilish, zamonaviy yechimlarni almashish va yosh mutaxassislar hamda tadqiqotchilar o‘rtasida samarali muloqot almashish imkonini beradi.
🔍 Dasturdan 6 ta seksiya o‘rin olgan (https://drive.google.com/file/d/1bBhJBfYcsDM_IjgCX_6VYMt13OScsQUs/view):
• mashina tilida o‘rganish va ma’lumotlar tahlili;
• iqtisodiyot va ijtimoiy sohada raqamli texnologiyalar;
• yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish;
• robototexnika va avtomatlashtirish;
• kiberxavfsizlikda SI;
• SI etikasi va boshqaruvi.
Tadbir davomida yetakchi olimlar, ekspertlar va amaliyotchilar ishtirokida sun’iy intellektning turli jabhalarda qo‘llanilishi, uning afzalliklari, xavf hamda nazariy-huquqiy asoslari bo‘yicha dolzarb mavzularlar muhokama qilinadi.
Sizni konferensiyada ishtirok etishga chorlaymiz!


