Kibernetika institutining 60 yilligi munosabati bilan xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tmoqda
Bugun, 15-aprel kuni Toshkent shahridagi School 21 raqamli texnologiyalar maktabida “Kibernetika – zamonaviy sun’iy intellekt poydevori” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. Tadbir 15–16-aprel kunlari bo'lib o'tadi.
Mazkur anjuman Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda School 21 hamkorligida tashkil etilib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi Kibernetika instituti tashkil etilganining 60 yillik yubileyiga bag‘ishlandi.
⭐️ Konferensiya doirasida sun’iy intellekt, algoritmlar, modellashtirish, mashinaviy o‘qitish, ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish kabi yo‘nalishlarda dolzarb ilmiy ishlanmalar muhokama qilinmoqda. Ishtirokchilar tomonidan ilg‘or ilmiy yechimlar, innovatsion loyihalar va amaliy ishlanmalar taqdim etildi.








