Malaka oshirish kursi bitiruvchilari taqdirlandi
Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Generativ sun’iy intellekt yordamida
ish jarayonlari unumdorligini oshirish” mavzusidagi malaka oshirish kursi boshlanganligi haqida xabar bergan edik.
Bugun mazkur o'quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan ishtirokchilarga Institut direktori A.Kadirov tomonidan maxsus sertifikat topshirildi.
Ishtirokchilarga ushbu kursda sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali ish jarayonlarini optimallashtirish, ma’lumotlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ilg‘or raqamli yondashuvlarni qo‘llash kompetensiyalari o'rgatildi.
Agar sizda ham sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, mehnat unumdorligini oshirish istagi bo'lsa @airi_qabul manziliga murojaat qilishingiz mumkin.




