"ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida "ICT EXPO" ko'rgazmasi davom etmoqda
Toshkent shahrida joylashgan "CAEx" majmuasida "ICTWEEK UZBEKISTAN – 2024” AKT haftaligi doirasida "ICT EXPO" ko'rgazmasi davom etmoqda.
Mazkur ko'rgazmada ishtirok etish davomida Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi tomonidan tayyorlangan ko'rgazmali material va stendlar bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, forumda ishtirok etish uchun shaharning 5 ta manzilida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar bepul avtobuslar qatnovi yoʻlga qo'yilgan (https://telegra.ph/Avtobuslar-jonaydigan-manzillar-09-12) va ko'rgazma 20-sentabrga qadar davom etadi.





