Xalqaro forumning birinchi kuni doirasidagi sessiyalar o'z nihoyasiga yetdi
Samarqand mezbonlik qilayotgan “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish” forumining birinchi kuni o'z nihoyasiga yetdi.
Xalqaro forum doirasida:
- Sun’iy intellekt sohasidagi milliy strategiyalar va tashabbuslar: MDH davlatlari tajribasi va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlar;
- Moliyaviy sohada sun’iy intellektni qo‘llash: bank xizmatlarining transformatsiyasi, fintex rivoji va iqtisodiyot barqarorligini oshirish;
- Ta’lim tizimini transformatsiya qilish, inson kapitalini rivojlantirish va ijtimoiy muammolarni hal etishda sun’iy intellektning o‘rni;
- Sun’iy intellekt mahsulotlari bozorini shakllantirish: eksperimentlardan barqaror biznes modellargacha mavzularidagi panel sessiyalar bo'lib o'tdi.
Forumda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ham ishtirok etdi.
Forum doirasida sun’iy intellektning davlat siyosati, moliya, ta’lim va biznes sohalaridagi o‘rni keng qamrovda muhokama qilindi. MDH davlatlarining SI sohasidagi strategiyalari va kelajakdagi ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Sun’iy intellektning moliyaviy xizmatlar samaradorligini oshirishdagi o'rni va iqtisodiy barqarorlikka qo‘shayotgan hissasi ta’kidlandi. Shuningdek, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, inson kapitalini rivojlantirish va ijtimoiy tengsizlikni kamaytirishdagi roli amaliy misollar asosida yoritildi.







