Bugun Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutiga Xitoy Xalq Respublikasining Karamay shahar partiya qoʻmitasi doimiy aʼzosi, Karamay tuman partiya qoʻmitasi kotibi, janob Chjan Yuy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Dastlab, Institut direktori A.Kadirov vakillarni Institutning ilmiy va ishlab chiqarish salohiyati bilan tanishtirib, Institutda amalga oshirilayotgan loyihalar xususida ma'lumot berdi.
Tadbir davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, xususan, kadrlar almashish va ularning malaka oshirishini ta'minlash, sun'iy intellekt sohasida qo'shma tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Tadbir so'ngida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoy- ShHT Katta ma’lumotlar sohasida hamkorlik markazi Sinzyan submarkazi o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.








