Institut xodimi "Mirzo Ulug'bek vorislari" tanlovining respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritdi
Joriy yilning 20-24-may kunlari Toshkent shahrida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan, “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovning respublika bosqichi bo'lib o'tdi.
Mazkur tanlovda Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti AKT startaplarini qo'llab-quvvatlash bo'limi mutaxassisi Otabek Usmonov faol ishtirok etib, respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Hamkasbimizni ushbu g'alaba bilan tabriklaymiz!


