Institut xodimlari uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi
Bugun Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutida Mirzo Ulug'bek tumani IIO FMB HPB ATSJOOB katta inspektori katta leytenent J.S.Narzullayev, leytenent N.A.Mirdjalalova va S.B.Zulfiqorova ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Mazkur tadbir davomida axborot resurslarini himoyalash, ma’lumotlar bazasining daxlsizligini ta’minlash, murakkab parollardan foydalanish, ikki bosqichli autentifikatsiya tizimlarini qo‘llash hamda zararli dasturlar va fishing hujumlaridan himoyalanish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Shuningdek, kiberhujumlarning oldini olishda xodimlarning axborot madaniyati va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi muhim omil ekanligi qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi hamda kundalik faoliyatda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdi.





