RTSIR ITI va Ozarbayjon Respublikasining Boshqaruv tizimlari instituti o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Samarqand shahrida bo'lib o'tgan “Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish” xalqaro forumi doirasida RTSIR ITI va Ozarbayjon Respublikasining Boshqaruv tizimlari instituti o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, boshqaruv sohasida sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Hamkorlik doirasida qo‘shma trening, seminar va mahorat darslarini tashkil etish, yosh mutaxassislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashish kabi vazifalar ko'zda tutilgan.
Memorandum ikki mamlakat o'rtasidagi ilmiy aloqalarni rivojlantirish, innovatsion va texnologik tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi.




