Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari "School 21" maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida xodimlar maktabning o'quv dasturlari, ta'lim metodologiyasi hamda innovatsion yondashuvlari haqida ma'lumot olishdi. Shuningdek, o'quvchilarning rivojlanishi uchun mo'ljallangan maxsus dasturlar ko'rib chiqildi.
Tashrif yakunida Institut va maktab vakillari 2025-yil aprel oyida raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt sohasida birgalikda xalqaro konferensiya o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishdi.








